Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi
28 iyun 2021, 11:26 2

Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashadi. 29 iyun kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, 1 iyul kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan.

Moskvada vaksinatsiyani tasdiqlovchi QR kodisiz kafe va restoranlarga borish taqiqlandi
28 iyun 2021, 11:06

Moskvada vaksinatsiyani tasdiqlovchi QR kodisiz kafe va restoranlarga borish taqiqlandi

Rossiya poytaxtidagi kafe va restoranlarga faqat maxsus QR-kod taqdim etilgandan keyingina tashrif buyurish mumkin. Kod koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar, kafega kelishdan avval, yarim yil ichida COVID-19 bilan kasallanganlar yoki uch kundan kechiktirmay PSR testining manfiy natijasini olganlarga beriladi.

Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi
28 iyun 2021, 11:03

Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Jizzax shahridagi gaz quyish shoxobchasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sababli yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkita mashina yonib ketdi.

Toshkent viloyatiga qatnovchi avtobuslar faoliyati o‘z ish tartibida davom etadi
28 iyun 2021, 10:47

Toshkent viloyatiga qatnovchi avtobuslar faoliyati o‘z ish tartibida davom etadi

“Toshshartransxizmat” Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradigan 24 ta avtobus o‘z ish tartibida davom ettirishini ma’lum qildi. YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, avtobuslar harakati ushbu post maskanlarigacha tashkil qilinadi.

27 iyun O‘zbekistonda 469 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi
28 iyun 2021, 10:17

27 iyun O‘zbekistonda 469 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

Kecha O‘zbekistonda 469 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 774 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Angrenda PPX xodimi o‘ziga o‘q uzib vafot etdi
28 iyun 2021, 09:57

Angrenda PPX xodimi o‘ziga o‘q uzib vafot etdi

Angrenda PPX xodimi tabel qurolidan o‘zining jag‘ qismiga qarata bir marotaba o‘q uzib, vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aytilishicha, unga nisbatan bosim bo‘lgan va pul so‘ralagan. Holat ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.

1 iyuldan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
28 iyun 2021, 08:00

1 iyuldan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Pensiya va nafaqalarning oshirilishi, 24 ta tuman va shahar qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilayotgani, olis va chekka hududlardagi bog‘chalar va parrandachilarga subsidiya berilishi, onkologik va gematologik bemorlarning viloyatlardan respublika markazlariga kelish xarajatlari qoplab berilishi, mansabdor shaxslarning xizmat safarlari xarajatlari oshkor qilinishi — 1 iyuldan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Toshkentdagi yirik bozor va supermarketlarda emlash punktlari ochildi (ro‘yxat)
27 iyun 2021, 18:39

Toshkentdagi yirik bozor va supermarketlarda emlash punktlari ochildi (ro‘yxat)

Toshkentdagi yirik bozorlar, supermarketlar, maktablar, mahallalar va boshqa muassasalar hududida koronavirusga qarshi emlash punktlari ochildi (ro‘yxat).

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
27 iyun 2021, 17:41

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida yuzaga keladigan tanaffus, prezidentning o‘zbekistonlik sportchilarning Olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki to‘g‘risidagi qarori, Oksana Chusovitinadan yana bir oltin medal — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

Xorazmda oqova suv haydash stansiyasining ikki ishchisi quduqda gazdan zaharlanib, vafot etdi
27 iyun 2021, 17:32

Xorazmda oqova suv haydash stansiyasining ikki ishchisi quduqda gazdan zaharlanib, vafot etdi

Xorazmda oqova suv haydash stansiyasining ikki ishchisi quduqda taxminan toksik gazdan (serovodorod) zaharlanib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Madaniyat vazirligi To‘ti Yusupovaning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etdi
27 iyun 2021, 13:34

Madaniyat vazirligi To‘ti Yusupovaning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etdi

Madaniyat vazirligi aktrisa To‘ti Yusupovaning o‘limi haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi. «Ayni paytda san’atkorning ahvoli yaxshi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Jahongir Ortiqxo‘jayev prezidentga: «Biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz»
27 iyun 2021, 13:02

Jahongir Ortiqxo‘jayev prezidentga: «Biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz»

Shavkat Mirziyoyev Toshkent hokimidan mahallalarni obodonlashtirish ishlarining sustkashligi sabablarini so‘radi. «To‘g‘risini aytsam, biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz», dedi Jaxongir Ortiqxo‘jayev va barcha masalalarni 1 oktyabrga qadar hal qilishga va’da berdi. Prezident shoshqaloqlikdan qochish va ish sifatiga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston yanvar-may oylarida 150,9 mln dollarlik yengil avtomobillarni import qildi
27 iyun 2021, 12:05

O‘zbekiston yanvar-may oylarida 150,9 mln dollarlik yengil avtomobillarni import qildi

O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 150,9 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 7,7 mingta yengil avtomobillar import qilgan. Shuningdek, o‘tgan 5 oyda xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Abdulaziz Kamilov AQShga boradi
27 iyun 2021, 11:10

Abdulaziz Kamilov AQShga boradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 27 iyun — 4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.

26 iyun kuni O‘zbekistondagi emlash jarayonlarida 100 ming dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi
27 iyun 2021, 11:06

26 iyun kuni O‘zbekistondagi emlash jarayonlarida 100 ming dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

Kecha O‘zbekistonda 493 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 545 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Prezident OAVga bosim o‘tkazgan amaldorlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi
26 iyun 2021, 23:42

Prezident OAVga bosim o‘tkazgan amaldorlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida milliy jurnalistika turli sinov va qiyinchliklarga duch kelayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari senzura o‘rnatish, OAV faoliyatiga noqonuniy aralashish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish va boshqalar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi.

Ombudsman huzurida qiynoqlarni aniqlash bo‘yicha guruh tashkil etiladi
26 iyun 2021, 18:04

Ombudsman huzurida qiynoqlarni aniqlash bo‘yicha guruh tashkil etiladi

Prezident qiynoqlarning oldini olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi yangi hujjatga imzo chekdi. Ombudsman huzurida qiynoqlarni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

«40 mlrd so‘mga alohida podstansiya xarid qilamiz» — prezident metrodagi muammolar yechimi haqida
26 iyun 2021, 17:23

«40 mlrd so‘mga alohida podstansiya xarid qilamiz» — prezident metrodagi muammolar yechimi haqida

Shavkat Mirziyoyev metropoliten alohida energiya tizimiga ega bo‘lishini ma’lum qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, metroda tez-tez uchraydigan nosozliklarni bartaraf etish uchun qiymati 40 milliard so‘m bo‘lgan alohida podstansiya sotib olinmoqda.

Abdulaziz Kamilov — «Tolibon» nima xohlayotgani haqida
26 iyun 2021, 16:53

Abdulaziz Kamilov — «Tolibon» nima xohlayotgani haqida

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amerikalik teleboshlovchi Dennis Uoliga bergan intervyusida Afg‘onistondagi vaziyat, ushbu mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqaruv shakli, «Tolibon»ning maqsadlari haqida so‘zladi, shuningdek, O‘zbekistonning optimistik munosabati va nima uchun shaxsan o‘zi «Tolibon»ni terroristik tashkilot emas deb hisoblashiga izoh berdi.

Prezident Toshkent shahrida yangi oqava suv tozalash inshootini qurishni taklif qildi
26 iyun 2021, 15:06

Prezident Toshkent shahrida yangi oqava suv tozalash inshootini qurishni taklif qildi

Yangihayot, Sergeli va Bektemir tumanlarida chiqindi suvlarni tozalash uchun prezident yangi oqava suv tozalash inshootini qurishni taklif qildi. Ushbu hududlarda yashovchilar bir necha oydan beri yoqimsiz hiddan shikoyat qilmoqdalar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting